Yuridik klinika bu qanday teleloyiha?
Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi ekran yuzini ko’rish arafasida. Ko‘rsatuvning navbatdagi soni bugun, 25-may kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.
Ko’rsatuvning dastlabki soni xotin-qizlarning qonunchilikdagi huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimiga bag’ishlanadi.
Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin. Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.
Ko’rsatuv haqida fikr , taklif va mulohazalar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingizni so’rab qolamiz : 71-233-75-74.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)