Xatirchi tumanida 43yoshli koʻzi ojiz boʻlgan fuqaroning tugʻilgan vaqtini belgilash haqida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan fakt belgilandi
Xatirchi tumani adliya boʻlimiga tumanning “Maydonsoy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro S.Qarshiyev ariza bilan murojaat qilib,
murojaatda keltirilishicha, fuqaro S.Qarshiyev 1978-yil 28-martda tibbiyot muassasalardan tashqarida uy sharoitidatugʻilganligi, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqligini,tugʻilganligi haqida faktni belgilashni, fuqarolik pasportini olib bilmasdan sarson boʻlib yurganligini bildirib, amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqilgan.
Aniqlanishicha S.Qarshiyev 1978-yil 28-martda tibbiyot muassasasidan tashqarida uy sharoitida tugʻma koʻzi ojiz holatda tugʻilganligi sababli tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqida ma’lumotnoma tuzilmagan.
Shuningdek tuman FHDYO boʻlimining 2021-yil 12-noyabrdagi №721-sonli ma’lumotiga koʻra 1975-1981-yillardagi arxiv ma’lumotlari oʻrganilganida S.Qarshiyevga tugʻilganlik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilmagan, sudda aniqlangan holatlarga koʻra fuqaro S.Qarshiyev koʻzi ojizligi uchun ta’limga jalb qilinmasdan qolib ketgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 19-bandida 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshirilishi qayd etiladi.
Arizachi fuqaro Qarshiyev Sobir Adullayevichning 1978-yil 28-martda tugʻilganligi faktini belgilab berishni soʻramoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsyessual Kodeksining 295-moddasiga koʻra, fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki tugashiga sabab boʻladigan faktlarni sud aniqlaydi, sud jumladan otalikni tan olish (belgilash) faktini, bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, shuningdek tugʻilgan vaqtini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻradi. Arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olishi mumkin boʻlmagan yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklashning imkoni boʻlmagan taqdirdagina sud ushbu faktlarni aniqlaydi.
Sud ish hujjatlarini toʻliq muhokama qilib, shuningdek ishga guvohlarni jalb qilib ularning tushuntirishlarini eshitib, arizani qanoatlantirishni, fuqaro S.Qarshiyevning1978-yil 28-mart kunida tugʻilganlik fakti belgilab berishni lozim topdi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, fuqaroS.Qarshiyevga tegishli tartibda FHDYO boʻlimi tomonidan tugʻilganligi haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, shundan keyin unga fuqarolik pasport ham beriladi.
Babaqulov Bahodir Qulliyevich
Fuqarolik ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)