Narxlar holati oʻrganildi
Davlat rahbari huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida berilgan topshiriqlar ijrsini taʼmilash maqsadida oʻrganishlar oʻtkazildi.
Navbahor tumanida aholini non mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida non ishlab chiqaruvchi korxonalariga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari tuman hokimi A.Oʻroqov, tuman prokurori I.Babamuradov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi F.Ergashev va prokuratura huzuridagi departamenti xodimlari tomonidan “Non va non mahsulotlari” ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati, xususan ularning ishlab chiqarish quvvatlari, tovar xom-ashyo birjasi orqali un sotib olish jarayoni, brokerlar bilan shartnomaviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyganligi, korxonada un zaxirasi va aylanma mablagʻlarining mavjudligi, shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonida sanitariya talablariga rioya qilinayotganligi ahvoli joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida oziq-ovqat narxlari, ularning asossiz oshirilishini oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, aholiga muntazam oziq-ovqat va qolipli non mahsulotlarining yetkazilishi holati koʻzdan kechirildi. Tadbirkorlar va sotuvchilar bilan suhbat oʻtkazilib, mavjud muammolari oʻrganildi. Shuningdek, oʻtkazilgan suhbatlar davomida zaruriy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini sunʼiy ravishda oshirmaslik boʻyicha tushuntirishlar va tegishli tavsiyalar berildi.
Navbahor tuman hokimligi axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Noqonuniy aroq ishlab chiqaruvchi sex aniqlandi
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari
Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari utilizatsiya qilindi
Yangi tikuvchilik fabrikasi ish boshladi
Go‘sht va kartoshka importiga oid qonun ma’qullandi
SSV Oʻzbekistonda xususiy sektorni vaksinatsiya jarayoniga jalb qilish masalasi boʻyicha munosabat bildirdi
Izohlar (0)