Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari utilizatsiya qilindi
Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Shayxontohur tuman boʻlimi mutaxassislari hamda tuman prokuraturasi prokurori Sarvarjon Komiljonov ishtirokida “Eski Juva” AJ dehqon bozorida belgilangan tartibda sanitariya nazorati oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra, bozorning 2- Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan tadbir olib borilib, 250 kg. ot goʻshti, 60 dona tozalanmagan kalla, 50 dona mol tuyogʻi, 35 kg. kalla goʻshti, 43 litr sut sifatsiz deb topildi va utilizatsiya qilindi.
Bozor hududida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tozalik boʻyicha muovini R.Yusupovga, sut mahsulotlari rastasi noziri X.Axunxoʻjayevga, goʻsht mahsulotlari rastasi noziri D.Dadabayevga maʼmuriy bayonnoma tuzildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Qoraqalpogʻistonda aniqlangan eshaklar “qabristoni”
Bozorlardagi asosiy mahsulotlar narxi ma’lum qilindi
“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev
Koronavirusga qarshi chora-tadbirlar
Mart oyida koronavirusga qarshi emlanadiganlar soni ma’lum qilindi
Oʿzbekistonda oziq-ovqat narxi 15% oshdi
Izohlar (0)