SSV Oʻzbekistonda xususiy sektorni vaksinatsiya jarayoniga jalb qilish masalasi boʻyicha munosabat bildirdi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, Oʻzbekistonda xususiy sektorga ham vaksina olib kelib, aholini pullik asosda emlashga ruxsat berilgan, ammo bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvati ehtiyojni toʻliq qondira olmayotgani tufayli bunday markazlarning birortasida emlash jarayonlari amalga oshirilmayapti.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pullik tarzda qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
“Xususiy immunoprofilaktik muassasalar (vaksinatsiya markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinayotganini unutmaslik kerak. Ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.
Xususiy immunoprofilaktik muassasalar ham oʻzlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror-bir xususiy vaksinatsiya markazida bunday amaliyotlar oʻtkazilmayapti.
Qayd etish lozimki, keyinchalik mamlakatimizga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chogʻda xususiy sektor ehtiyoji ham eʼtiborga olinsa (bugungi kunda vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvati ehtiyojni toʻliq qondira olmayapti), uni yurtimizga yetkazib berish bilan shugʻullanadigan tashkilot, shu jumladan, «Dori-darmon” AK tomonidan ham xususiy sektorga yoʻnaltirilishi mumkin.
Ammo hozircha faqat davlat muassasalarida xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda», degan u.
Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonga “Sputnik V” vaksinasidan 100 ming doza va oʻzbek-xitoy vaksinasidan 1 mln doza olib kelindi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
28-apreldan Rossiya vaksinasini qoʻllash boshlanishi rejalashtirilgan deya xabar beradi Kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Mart oyida koronavirusga qarshi emlanadiganlar soni ma’lum qilindi
JSST koronavirusga qarshi vaksinalar bepushtlikka olib kelishi haqidagi mish-mishlar nechogʻlik toʻgʻri?
СOVID-19 bilan kasallangan fuqarolarni emlash kerakmi?
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi
Izohlar (0)