NAVOIYLIK PILLAKORLAR ZAFAR QUCHDI
NAVOIYLIK PILLAKORLAR ZAFAR QUCHDI
Navoiy viloyatida joriy mavsumda 1019 tonna pilla xomashyosi yetishtirish uchun 17878 quti ipak qurti 14718 nafar qurt boquvchi xonadonlarga tarqatilib, agrotexnik talablar asosida parvarishlandi. Bugungi kunda 1021,9 tonna tirik pilla xomashyosi yetishtirildi va reja 100,3 foizga bajarildi.
Viloyatda pilla xomashyosi yetishtirish uchun 811 ta fermer xoʻjaligi bilan 680 tonna va 1974 nafar kasanachi bilan 339 tonnaga shartnomalar toʻliq tuzilgan edi. Qabul qilingan xomashyo viloyatda mavjud 4 ta pillani qayta ishlash korxonasi tomonidan toʻliq qayta ishlanib, belgilangan eksport rejasini bajarish maqsadida chiqariladi.
2022-yilda viloyatda jami 55531 nafar fuqorolarning bandligi pillachilik sohasida ta’minlanishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 34472 nafar fuqoro bandligi qilindi. Shuningdek, bir mavsumda ipak qurti parvarishlagan fuqoro 1 yillik mehnat stajiga ega boʻladi va yetishtirilgan 1 kg pilla xomashyosi uchun 5000 soʻm miqdorida subsidiya mablagʻlari tarqatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)