Archa qurishiga nima sabab boʻladi?
”Ara unsimon” qurti zararkunandaning lichinka va urgʻochilari archaning novdalari va barglarini soʻrib zarar yetkazadi va ular barcha yer ustki qismlari bilan oziqlanadi.
Kattaligi 2-3 millimetr boʻlgan bu qurt sargʻish, qizgʻish, kulrang tusda boʻlib, mart-aprel oylarida paydo boʻladi. Ularning tuxum qoʻyishi may-iyun oylarida kuzatilib, oʻrtacha 280 tagacha tuxum qoʻyadi.
”Archa unsimon” qurtini avvalo, ichki karantin ahamiyatga molik zararkunanda sifatida roʻyxatga olib, qurt tarqalgan joylar va hududlar aniqlanishi hamda bu joylardan archa koʻchatlarini boshqa joyga koʻchirish mumkin emas.
Zararkunanda bilan jiddiy shikastlanib qurish holatiga kelib qolganlarini kesib, unsimon qurt keng tarqalmasligi uchun ularni oʻsha joyning oʻzida yoqish kerak.
Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish.
fosforli,
azotli,
mikroelementlar,
Master,
Kropsheld,
Vegrutlar,
bilan oziqlantirish lozim.
Kimyoviy preparatlardan:
“Bi-58”,
“Bagira”, va “Atilla”
dan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ushbu preparatlarni zararkunandalarning paydo boʻlishi bilan birinchi ishlov oʻtkaziladi va zararkunanda butkul yoʻqolguncha har oʻn besh kunda kimyoviy ishlovlar olib borish kerak.
Navoiy Viloyat Oʻsimliklar karantini va ximoyasi Konimex tumani agronom inspektori M.Ubaydullayev, F. Umurova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Pillachilikka pandemiya pisand emas
Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi
Kobra dunyodagi eng katta ilonni yutib yubordi
Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?
Hududlarda “Yashil zamin” jamg’armalari tashkil etiladi
Elektiv soliq nima?
Izohlar (0)