Davlat xizmatlari markazlaridagi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchagi abituriyentlar ixtiyorida
Bugun oʻqishga hujjat topshirish yuki ancha yengillashdi. 8-10 ta maʼlumotnomani qoʻltiqlab, kunning issigʻida falon shaharning, falon oʻquv dargohi eshigida sargʻayishlar ortda qoldi. Joriy yil abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar boʻlgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Yana bir qulaylik mavjudki, oliy oʻquv yurtiga kirish uchun hujjat topshirish joylardagi Davlat xizmatlari markazlarining oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, viloyatining olis choʻl hududlari boʻlgan Uchquduq va Konimex tumanlarida abituriyentlar markazlarga kelib oʻqishga onlayn tarzda hujjat topshirishmoqda.
Konimex tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazida tumanning “Birlik” mahallasida yashovchi Gauhar Turdimuratova umumtaʼlim maktabini ham, kollejni ham qozoq tilida tahsil olib tamomladi. Qabul jarayonida markazdan turib, Qoraqalpoq Davlat universitetiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirdi. Hammadan ham ota-onasining quvonchi cheksiz. Boisi ular endi avvalgi avloddek, mehnat taʼtili olib, bolasining hujjatini topshirish uchun uzoq yoʻl bosib, Nukus shahriga bormaydilar. Oʻqishga hujjat topshirish tumanning oʻzida hal boʻldi. Gauhar Turdimuratovaning aytishicha, u fuqarolik pasporti, kasb-hunar taʼlimi muassasini tugatganligi haqidagi diplomi, imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini bazaga shakllantirgan xolos.
Xatirchi tumanida yashovchi Bektosh Safarov ikki yildan buyon huquqshunos boʻlishini istab, OTMlarga hujjat topshiradi:
- Joriy yil oʻqishga kirish imkoniyati koʻproq, belgilagan beshta OTMning hech yoʻqsa birida omadim chopar,- deydi abituriyent. Oʻtgan yili Xatirchi tumanidagi DXMdan Toshkent Davlat Yuridik Universtetiga hujjat topshirgan edim. Bu yil ham oʻz iqtidorimni sinab koʻray. Markazdan hujjat topshirish juda qulay. Oʻz-oʻziga xizmat burchagidan xodimlar koʻmagida bor yoʻgʻi 10 daqiqa vaqtingiz ketadi, xolos. Eng asosiysi, Xatirchi tumanida yashasamda, Uchquduqdan turib ham onlayn hujjat topshira oldim. Eksterritorial xizmat koʻrsatish ham aʼlo darajada. Man ishonaman, hali yurtimizda xorijdagidek masofadan turib imtihon topshirish davri ham keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)