Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
Birinchi fevral kunidan Davlat test markazi va uning hududiy boʻlimlarida fevral oyida boʻlib oʻtadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash, test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish ishlari boshlandi.
Hujjatlarni qabul qilish beshinchi fevral kuniga qadar davom etadi.
Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati:
-pasport, yoshiga yetmaganlar tugʻilganlik haqida guvohnoma va uning nusxasi;
-onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
-toʻlov amalga oshirilganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun roʻyxatdan oʻtishlari lozim.
Roʻyxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega boʻlganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega boʻlmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy boʻlimlarida amalga oshirilmoqda.
Bunda talabgorlardan test topshirish hududi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, oʻzlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
Niderlandiyada sayyohlar soxta COVID testlari bilan qo‘lga tushdi
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Izohlar (0)