Tomdilik yoshlar uchun ajoyib sovgʻa

Navoiy viloyatining olis va choʻl hududlaridan boʻlgan Tomdi tumanida raqamli texnologiyalar oʻquv markazi oʻz ish faoliyatini boshladi.
Mazkur oʻquv markaziga IT Park tomonidan toʻliq mebel jihozlari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan boʻlib, aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kelgusida tuman yoshlari ushbu oʻquv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yoʻnalishlarda oʻz bilimlarini oshiradilar.
Bugungi kunda viloyatning 8 ta - Karmana, Xatirchi, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq tumanlari, Navoiy va Zarafshon shahrida oʻquv markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun

Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi

Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi

Mergan ayol

“Open public service” tadbirida

Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Izohlar (0)