Nafosat olami bilan uchrashuv
Karmana tumanidagi №3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi “Soʻzmunchoq” ijodkor yoshlar adabiyot tugaragining bir guruh ishtirokchilari Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining viloyatimiz markazidagi galereyasiga tashrif buyurdilar.
Oʻquvchilarni viloyatimizda yashab ijod qilayotgan taniqli rassom – usta Naim Qodirov kutib oldi. Oʻquvchilar viloyatimizdagi koʻpgina rassomlarning ishlari bilan tanishdilar. Otaxon rassom koʻpgina rassomlar ijodi haqida, oʻzining ona yurti boʻlgan Nurota manzaralari va odamlari aks ettirilgan asarlar haqida bolalarga soʻzlab berdi, koʻrgazmadagi birqancha asarlar rassomning oʻz moʻyqalamiga mansub. Ulardan rassomning oʻz ona tuprogʻiga mehr-muhabbati ufurib turadi. Namoyishga qoʻyilgan tasviriy sanʼat asarlari har bir tomoshabinni sehrlamay qoʻymaydi. Oʻquvchilar shuningdek, ijodkorning ustaxonasidagi koʻrgazmaga chiqarilmagan birqancha asarlar bilan ham tanishishdi.
Otaxon ijodkor haqida shuni aytish mumkinki, Naim aka Qodirov – Oʻzbekiston (rassomlar) Badiiy akademiyasining viloyat boʻlimiga koʻp yillar rahbarlik qilgan, u kishining asarlari dunyo kezib, koʻpgina chet el kolleksiyalaridan joy olgan va xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilinadi. Hozirgi paytda viloyatimizda va respublikamizning boshqa joylarida bir necha oʻnlab, tanilib ulgurgan turli yoshdagi taniqli rassomlar ham ustani oʻz ustozlari deb bilishadi.
Oʻquvchilar koʻrgazmadan bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.
Istam HAMROYEV
“Soʻzmunchoq” tugaragi rahbari
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)