Buxoroda adabiyot bayrami


Tadbirni yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Shodmon Sulaymon kirish soʻzi bilan ochib berib, yoshlarni ushbu adabiyot bayrami bilan qutladi. Shundan soʻng uyushma raisi oʻrinbosari, shoir Botirjon Ergashev, ustoz adib Shoyim Boʻtayev, shoiralar Adiba Umirova hamda Zilola Xoʻjaniyozovalar soʻz olib, yoshlarni soʻz bayrami bilan tabriklash asnosida adabiyot va ijod haqidagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Seminarning ikkinchi kuni Buxoroi-sharif boʻylab ziyorat uyushtirilib, ustozlar va ishtirokchi yoshlar Mir Sayyid Kulol hamda Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarida boʻlishdi. “Buxoroga kirar boʻlsang, yuragingni ochib kir” degan edi ustoz Toshpoʻlat Ahmad oʻzining bir sheʼrida. Zero, komillar, pirlar yurtiga kirib ular ziyosidan bahra olmoq uchun qalb ochiq boʻlmogʻi kerak.

Ziyoratdan soʻng ishtirokchilar Kogon tumani Taraqqiyot mahallasida joylashgan tuman axborot-resurs markazida boʻlishib, tumanda yashovchi qator ijodkor va kitobxon oʻquvchilar bilan davra suhbatida ishtirok etishdi. Bunda ustoz shoirlar oʻz sheʼrlaridan oʻqish asnosida tuman yoshlarining adabiyot va ijod haqidagi savollariga javob berishdi.

Kunning ikkinchi qismida tadbir ishtirokchilarini taqdirlash marosimi oʻtkazilib, bunda Yozuvchilar uyushmasi respublika va viloyat boʻlimlari tomonidan yosh ijodkorlarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro boʻlimi axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)