Qahramon bobolar hayoti - ibrat maktabi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabimizning Yoshlar ishlari agentligining boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Javlon Mahamatov bilan bir guruh oʻquvchilar mahallamizdagi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Haydar bobo Hasanov xonadonida boʻlishdi.
Haydar bobo urush haqidagi taassurotlarini oʻquvchilarga soʻzlab berdi.
- Bobolarimizning ibratli hayot yoʻli biz uchun hayot darsligidir. Biz jasoratli bobolarimiz bilan faxrlanamiz. Oʻqish va ishda ular kabi jasoratli boʻlishimiz biz uchun farz, - deydi J. Mahamatov.
Haydar bobo oʻquvchilarni oʻqishlari va kelgusidagi ishlariga tilaklar bildirdi, Yurtboshimiz tomonidan koʻrsatilayotgan katta gʻamxoʻrlik va eʼtibor, yaratilgan shart-sharoitlar uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, Yaratgandan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tilab duoga qoʻl ochdi.
Hidoyat ROʻZIYEVA,
Navbahor tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Yoʻqlov chinakam bayramga aylandi
Polshada Gitlerning kitobi bosmadan chiqdi
Unutmoq osonmas sizlarni!
Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi
Navbahor tumanining “oltin fondi” va “qizil hudud”dan “yashil hudud”ga qanday o‘tiladi?
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Izohlar (0)