Сhiyaboʻri tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi
Navoiy viloyati Karmana tumani “Doʻrman” mahallasida joylashgan kasb-hunar kolleji ishchi xodimlari tomonidan Karmana tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimiga telefon orqali “Kollej hovlisiga chiyaboʻri (shoqol) kirib qolganligi” toʻgʻrisida xabar qildi.
Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamda Karmana tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi va Obodonlashtish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qutqarish choralari koʻrildi.
Shundan soʻng, davlat inspektorlar tomonidan joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildirildi va chiyaboʻri Karmana tumanining choʻl hududiga olib borilib, tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)