Qum-shag’al qazib olgan odam nega jarimaga tortildi
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, Toyloq tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan 2021-yil 15-iyul kuni tuman hududida olib borilgan kuzatuv reyd tadbirlari jarayonida mazkur tumanning “Nurli yoʻl” MFY hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosining muhofaza qismidan shu tumanda yashovchi fuqaro J.Sh oʻziga tegishli boʻlgan ekskavator yordamida hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy tarzda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi avtomashinalarga yuklab berayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 10 barobari, yaʼni 2 million 450 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)