Antiqa hayvon topildi

«Gap shundaki, Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Pop tumanidagi Pumgon shaharchasida yashovchi fuqaro R. Muhiddinov Pop tumanida “Madaniyat” MFY hududida joylashgan xonadonlarning biriga antiqa hayvon kirib qolganligi haqida xabar qiladi.
Pop tuman inspeksiyasi inspektorlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishib, aytilgan hayvonni koʻzdan kechirishadi va ushbu noyob hayvon “Qizil kitob”ga kiritilgan olakoʻzan ekanligini aniqlashadi.
Olakoʻzan kamayib borayotgan tur hisoblanadi. Mamlakatimizning Qizilqum va Qarshi choʻllari, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzachoʻlda, Surxondaryo daryosining quyi va Ohangaron daryosining old qismlarida, gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy togʻ tizmalarining togʻ yonbagʻirlarida uchraydi. Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi.
Xonadonga kelib qolgan ushbu jonivor Pop tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tabiatga qoʻyib yuborildi» deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Namangan viloyatida nomaʼlum maxluqning skeleti topildi

Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi

Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi

Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi

Tuynuk ochib kirgan oʻgʻri qoʻlga tushdi

Jizzaxdagi “zapravkada”da Matiz va Nexia yonib ketdi
Izohlar (0)