Ekologik partiya “Navoiyazot” AJ ga munosabat bildirdi

Holatga Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi oʻz munosabatini bildirdi.
“Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish” boʻlimi (Analitik laboratoriya) Karmana tumani ekologiya inspeksiyasi inspektorlari hamda “Navoiyazot” AJning Sanitar laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan daryoning oltita nuqtasiga borib oʻrganilganda daryodagi har xil turdagi baliqlarning ommaviy zaharlanishi yuzaga kelganligi aniqlandi.
“Navoiyazot” AJga qarashli 267-quduqdan olingan namunalar tahlil qilinganda belgilangan meʻyorlardan azot ammoniy – 20 marotaba, azot nitrat – 2,5 marotaba, azot nitrit – 52,5 marotaba, xloridlar – 7,22 marotaba, mis ionlari – 2,2 marotaba yuqoriligi aniqlangan. Hozirda tezkor surishtiruv ishlari olib borilib tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda. “Navoiyazot” AJ sabab minglab baliq nobud bo`lib, 4 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazilgani haqida berilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Qum-shag’al qazib olgan odam nega jarimaga tortildi

Antiqa hayvon topildi

Chirchiq daryosida qizil rangdagi suv oqmoqda. Muammo nimada?

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini qayta e'lon qiladi

Oʻzbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Sel yoʻllarini mustahkamlash
Izohlar (0)