Normat Tursunov 102 yoshli hamro momoga “Shuhrat” medalini topshirdi
Prezident farmoniga muvofiq 100 yoshdan oshgan bir guruh oʻzbekistonliklar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Ular orasida Qiziltepa tumanida yashovchi 102 yoshli Hamro momo Muslimova ham bor.
Hamro momo 40 yildan ortiq vaqt davomida oʻrta maktabda bolalarga boshlangʻich taʼlimdan saboq bergan.
Onaxon turmush oʻrtogʻi rahmatli Adiz bobo Sharipov bilan 5 farzandni voyaga yetkazgan. Hozirgi kunda 35 nevara, 61 chevara va 22 nafar evaraning ardogʻida umrguzaronlik qilmoqda.
U kishini ayyom arafasida qutlash uchun viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik va OAV vakillari “Oqmachit” mahallasidagi xonadonga keldi. Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov Prezident nomidan momoni tabriklab, “Shuhrat” medalini taqdi va bayram sovgʻalarini topshirdi.
Hamro momo ushbu dorulomon kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukur aytib, odamlarning farovon yashashi yoʻlida xizmat qilayotgan davlatimiz rahbariyatiga sogʻlik-omonlik soʻrab duo qildi.
Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Navoiy viloyati hokimi “Barkamol avlod” bolalar maktabida
Viloyati rahbari nodavlat umumtaʼlim muassasasiga tashrif buyurdi
VILOYAT RAHBARI KARMANALIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
Noqonuniy yo’l bilan bolalarga diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi
Navoiy viloyati hokimi 22 nafar o’qituvchini 4,9 mln pul bilan taqdirladi
13 yoshli ona
Izohlar (0)