OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY VILOYAT NAVBAHOR TUMAN HOKIMINING QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY VILOYAT NAVBAHOR TUMAN HOKIMINING QARORI
2023 - yil 9 – yanvar 2-5-73-Q/23 Navbahor tuman hokimligi
Tumanda 2023-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari, “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (keyingi oʻrinlarda - Nizom) muvofiq transport vositalarining 2023-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N :
1. Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Tumanda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining 2023-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin: tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi engil avtomobillar, avtobuslar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari -bir yilda ikki marta; ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - ikki yilda bir marta; ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq boʻlgan, shuningdek, ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari)- bir yilda bir marta; tirkamalar texnik koʻrikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda; navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan katʼiy nazar, ularni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi ximati (keyingi oʻrinlarda- DYHXX) organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida (birinchi marta roʻyxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno ).
4. Mazkur qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi: birinchi marta - 1-mart - 30-iyunda; ikkinchi marta - 1 centyabr - 31-oktyabrda oʻtkaziladi. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boshqa transport vositalarining texnik koʻrigi 1yanvar - 31-dekabrgacha oʻtkaziladi.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga transport vositalarining texnik koʻrikdan oʻtkazishda: transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (texnik pasportda, texnik talonda) koʻrsatilgan maʼlumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligi; transport vositasining texnik holati va jixozlari texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi; maxsus va tezkor xizmatlarning transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarning mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik boʻyash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi; gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi tekshirilishini taʼminlasin.
6. Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi DYHXX organlari hamda tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslar tomonidan Nizomga muvofiq oʻtkaziladi hamda tegishli yigʻim undiriladi. Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga tegishli ML toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
7. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali asosida transport vositalarini texnik jixatdan sozligini oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy boʻlinmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
9. Tuman hokimining 2021-yil 20-dekabrdagi “Tumanda 2022-yilda transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 112-5-73-Q/21-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A.Xudoyqulov zimmasiga yuklatilsin.
2023 yil 9 yanvardagi
2-5-73-Q/23-son qaroriga
1-ilova
Tumanda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
T A R K I B I
Komissiya raisi:U.Shukurov - Navbahor tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Komissiya aʼzolari:
U.Xalimov - Navbahor tumani ichki ishlar boʻlimi YHXB katta inspektori
J.Abdullayev - Navbahor tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
K.Jalilov - Navbahor tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish
inspeksiyasi
B.Raximov - Transport vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi
Komissiya kotibi:
Sh.Joʻraqulov - Tuman hokimligi bosh mutaxassisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)