Tashqi reklama vositalari qonun talablariga moslashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi «Tashqi reklamani koʻcha yoritkichlarining tayanchlarida hamda koʻcha va yoʻllar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yoʻl belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning oʻtish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini toʻsib qoʻymagan holda, shuningdek bunday reklama yoʻl belgilari tasvirini takrorlanmagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi.
Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlarida, yoʻl belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yoʻli bilan joylashtirish taqiqlanadi», deya belgilab qoʻyilgan.
Lekin shunga qaramay ayrim tadbirkorlarimiz oʻz boshimchalik bilan qonun talablariga rioya qilmagan holda reklamalarini noqonuniy tartibda joylashtirib kelmoqda.
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Yusuf Nasullayevning maʼlum qilishicha, tuman hokimi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 4P-66 “Quyimozor — Azizobod — Vobkent —Yangibozor” yoʻli yoqasida joylashgan obyektlar koʻzdan kechirilgan.
Oʻrganish davomida yoʻlning harakatlanuvchi qismiga yaqin holda va elektr simyogʻochlarda oʻrnatilgan 30 dan ortiq tashqi reklama vositalari olib tashlandi. Shuningdek, savdo doʻkonlari, ovqatlanish hamda xizmat koʻrsatish shoxobchalaridagi maʼnan eskirgan va xorijiy tillarda yozilgan bannerlarni qisqa muddat ichida tartibga keltirish boʻyicha tadbirkorlarga koʻrsatmalar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Davlat tilida nom berish xizmati koʻrsatiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi eslatib oʻtadi
Davlat ramzi tovar belgisi emas! E’tiborli bo’laylik
Twitterda yangilik
Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Izohlar (0)