Yo’l-patrul xodimlari qanday holatlarda avtotransportingizni to’xtatishga haqli
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova maʼlumot berdi. Unga koʻra:
Haydovchi tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;
transport vositasi, haydovchi yoki yoʻlovchi qidiruvda ekanligi, yoʻl transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
yoʻl-transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini koʻrgan haydovchi yoki yoʻlovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;
vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish jarayonida;
transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari bundan mustasno);
maxsus tadbirlarni oʻtkazish jarayonida;
transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun (maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno) transport vositalarini toʻxtatilishi belgilangan.
YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga koʻra transport vositalarining toʻxtatilishi taqiqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
Patrul-post mashinasi YTHga uchradi
Tashqi reklama vositalari qonun talablariga moslashtiriladi
“AVTOAVARIYA”LARNI ASOSAN YOSH HAYDOVCHILAR SODIR ETMOQDA
O’zbekistonda “prava” siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
Kuchli qor yogʻishi tufayli transport harakati toʻxtatildi
Izohlar (0)