EHTIYOJMAND OILALARGA "HUQUQIY KO‘MAK, AMALIY YORDAM" BERILMOQDA

Shuningdek, 2025 yilda tumandagi mahallarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda, mahallalarda biriktirilgan yoshlarni va ishsiz aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida belgilangan aniq vazifalar ijrosi tahlil qilindi.
Bugungi kunda tuman mahallalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha xalq bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Jumladan, biriktirilgan xodimlar tumanning "Dul dul", Yangi hayot", "Paxtakor", "Karvon", "Armijon","Yuqori Beshrabot", "Beshrabod","Kelachi" mahallarida bo‘lib muqaddam jinoyat sodir etgan, jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lganlar bilan manzilli ishlash, oila-turmush sharoitini o‘rganish, huquqbuzarliklarning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish, uzoq muddatga chiqib ketgan ayollarning oilalari va farzandlarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish borasida profilaktik tadbir tashkil etildi. Notinch oilalaro‘rganildi.
Adliya vazirligining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Abdullayev, Navbahor tumani boʻlim boshligʻi Abduvali Asadov , Davlat xizmatlari koʻrsatish markazi boshligʻi Qahramon Joʻrayev hamda Navbahor va Konimex tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari hamkorligida va "Madad" NTT mutaxassisi ishtirokida mahallarda yashayotgan fuqarolarga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.
Xususan, Navbahor tumani “Keskanterak” MFYda yashovchi “Ayollar daftari”da turuvchi L.Xasanovaning xonadoni koʻzdan kechirilib, tikuv mashinasi olish uchun subsidiya ajratilishida amaliy yordam so‘rab yozgan murojaatlarini o‘rganib chiqildi.
Fuqaro Y.Yuldashova uyining kadastr hujjati mavjud emasligi sababli amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaati ham ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.
Fuqaro Y.Yuldashova uyining kadastr hujjati mavjud emasligi sababli amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaati ham ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda.
“Yangi hayot” MFYda yashovchi, «Yoshlar daftariga» kiritilgan D.Toshtemirovaning ish bilan ta`minlash haqidahi murojaati ko‘rib chiqilib, adliya nazoratiga olindi.
Hulkar NOROVA,
Navbahor tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti,
Muxriddin TOSHNIYOZOV,
Konumex tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi

Sudyalar oliy kengashi tarkibidagi yangi o’zgartirishlar

“Hokim yordamchilari” rasman ish boshlashdi

Uchquduq tumanida musobaqa bo’lib o’tdi

O'zbekistonda Ochiqlik indeksi bo'yicha qaror qabul qiluvchi kollegial organ tashkil etildi

Bugungi vazifalarni tashkil etish orqali 2 million aholi bandligini ta'minlash hisob-kitob qilingan
Izohlar (0)