Muldirga hokim yordam beradi
Qulquduq va Mingbuloq ovullardagi ehtiyojmand “Ayollar daftari”ga kiritilgan xonadon sohiblarining muammo va masalalarini joyida o‘rganildi.
O‘rganish ishlarida tuman FXDYO bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, tuman IIB pasport bo‘linmalari ishtirok etidi.
Jumladan, Qulquduq ovuli turg‘ini Saltanat Karimbayeva 10 yildan buyon shar’iy nikohda yashaydi. Shu sababdan muammolar zanjirsimon bir-biriga ulanib ketgan. Ikki nafar bolasi bor bu ayolning turmush o‘rtog‘i Nurlan Aytug‘anov shu paytgacha biometrik pasport olmagan, farzandlariga otalik belgilangan va hokazo muammolar...
Yana bir Mingloq ovuli fuqarosi Aynazar Bekmuratov oiladagi 7 jonni bir o‘zi ishlab boqadi. To‘ng‘ich qizi Muldirning shartnoma pulini mahalla – ko‘y, qarindosh-urug‘lar ko‘magida to‘lab, Navoiy Davlat pedagogika institutida o‘qitmoqda. Oila ustuni ota keyingi o‘quv yilini shartnoma pulidan xavotirda. Hozirdanoq, qanday qilib to‘layman, degan o‘y ota-onaga tinchlik bermaydi. Bu masalada tuman rahbariga muammosini bildirgan A.Bekmuratov unga berilgan javobdan xursand bo‘lib ketdi. Axir shartnoma pulini to‘lab berishni tuman hokimi o‘z zimmasiga oldi-da. Bundan ruhlangan Aynazar Bekmuratov tuman Obodonlashtirish boshqarmasidagi yarim stavka ishini to‘liq qilib berishlarini so‘radi. Bu masala ham yaqin orada o‘z ijobiy yechimini topishiga asoslar yetarli.
Bu muammolarni Uchquduq tuman hokimi S.Xamroyev o‘z joyida hal etib, Muldirning oliy o‘quv yurtida o‘qish shartnoma to‘lovini hokimning o‘zi to‘lab berishni aytdi, deb xabar beradi Navoi.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Maktablarga direktorlar tayinlandi
Qo‘shnisining ishonchiga kirgan ayol takroran o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi
“Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasi foydalanishga topshirildi
Izohlar (0)