Qo‘shnisining ishonchiga kirgan ayol takroran o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Mamlakatimizda moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, ularning har qanday masalalari to‘liq hal etib kelinmoqda. Berilayotgan imtiyozlardan foydalanmay halol mehnat qilish evaziga o‘g‘rilikka qo‘l urib, o‘zini va oila a’zolarining taqdirini ayanchli ahvolga tushirib qo‘ygan ayollarimiz ham oramizda bor.
D.M uch farzandning onasi, uy bekasi edi. U 2020-yilning yanvar oyida A.Tning yashash xonadoniga farzandlariga qarab turish maqsadida kirib, xonadon egalarining yo‘qligidan foydalanib, jami 34 mln. so‘mlik miqdordagi tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab, talon-toroj qilganidan so‘ng, takroran 2020-yilning yanvar oyining oxirlarida N.Kning yashash xonadonidan narxi 1 mln. 200 ming so‘mlik “Redmi5” rusumidagi qo‘l telefon apparatini, 2020-yilning iyun oyining oxirlarida S.Sning yashash xonadonidan jami 6 mln. 200 ming so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlaydi.
Sud hukmiga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, shu moddaga asosan JK 57-moddasini qo‘llanilib, 2 (ikki) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Hukmda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undirilishi ko‘rsatildi.
D.M oilaviy sharoitini yaxshi bo‘la turib, nega endi takror o‘g‘rilik jinoyatiga ko‘l urgan?
D.Mning turmush o‘rtog‘i sudda bergan ko‘rsatuvida, ishlashi bois oilasini moddiy jihatdan ta’minlashiga qurbi yetayotganligi, turmush o‘rtog‘i D.M nima sababdan bu jinoyatga qo‘l urganligini bilmasligi, o‘g‘irlangan ashyolarning pulini oilasiga ishlatmagani, u ilgari ham shu kabi qing‘ir ishlarni qilib yurganligi bois, unga qattiq tanbeh berib, tuzalish yo‘liga o‘tmasa u bilan ajrashishi to‘g‘risida ogohlantirgani, turmush o‘rtog‘ini to‘g‘ri yo‘lga sola olmayotgani, bu holat esa farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirdi.
Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)