Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Departamentning Doʻstlik tuman boʻlimi va Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarisida muomalaga kiritib, hech qanday hujjatlarsiz sotilayotgani aniqlangan. U tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan.
“Fuqaro D.R. umumiy qiymati 171,9 mln soʻmlik, 3 ming komplekt COVID-19ʻni aniqlovchi testlar, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqa buyumlarni tuman hududidan oʻtuvchi M-39 magistral yoʻli boʻyida sotayotgan vaqtida ushlangan”, deyiladi xabarda.
Unga nisbatan JKning 186-3-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va tergov olib borilmoqda, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan

Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi

Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi

Pulga o‘ralgan og‘u

Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi

Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Izohlar (0)