7 mingta noqononiy holat aniqlandi

Mazkur uskunalar tabiiy gazni aniq hisob-kitob qilib boradi va 3 kun ichida isteʼmolchi qarzdorlikni bartaraf etmasa, tabiiy gaz taʼminoti avtomatik tarzda toʻxtatiladi
Afsuski, isteʼmolchilar orasida qarzdorlik boʻyicha avtomatik tarzda tabiiy gaz berishi toʻxtatilgandan soʻng, oʻzboshimchalik bilan elektron gaz hisoblash uskunasini yechib olib, rezina shlanglar orqali tarmoqqa ulanib olgan va tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganlar yoʻq emas.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari Andijon shahridagi “Andijon” MFYinspektorlari bilan mahalla xonadonlarni xatlovdan oʻtkazish jarayonida isteʼmolchilar tomonidan GHUni olib qoʻyish, tamgʻa buzilishi, loyihadan tashqari gaz jihozlarini oʻrnatib olish va shunga oʻxshash holatlar boʻyicha aniqlandi. Oʻtgan yanvar va fevral oylarida viloyat boʻyicha 6 794 ta holatda ana shunday qonunbuzilishlar aniqlanib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi hamda ularga nisbatan 10 mln. 332 ming metr kub gaz hajmi hisoblandi. Bu haqda “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Isteʼmolchilar esa foydalanilgan tabiiy gaz uchun oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirsa, qoʻni-qoʻshnilari va mahalladoshlarini ham bir meʼyorda tabiiy gaz bilan taʼminlanishiga hissa qoʻshgan boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Gaz ballonlarga stikerlar oʻrnatildi

Keniyalik “Farhod” va andijonlik Shirinning farzandiga guvohnoma berildi

PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI

74 yoshli ayolning o‘ninchi bor sudlanishi

Is gazidan ogoh bo‘ling

Sarez koʻli Oʻzbekiston uchun qanday xavf tugʻdiradi?
Izohlar (0)