Soxta diplom firibgari
D. Yasharov (ism, familiyasi oʻzgartirilgan) oʻzining xizmat mavqeidan foydalanib, N. Bozorovga (ism, familiyasi oʻzgartirilgan) oʻqimasdan traktorchi-mashinist guvohnomasin 800 000 soʻm evaziga rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi. D. Yasharovning bunday vakolati boʻlmasada, yakka oʻzining vakolatiga kirishini N. Bozorovga yolgʻon gapirib, tasavvur uygʻotadi. D. Yasharov uning ishonchiga kirgach, nusxa koʻpaytirish orqali soxta guvohnoma tayyorlaydi. Guvohnomaga rasmiy hujjat koʻrinishini berish uchun qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasi holatini nazorat qilish inspektorining aylana shaklidagi muhrini, shuningdek barcha toifadagi texnikalarni boshqarish berilgani toʻgʻrisida “ruxsat” shtamplarini qoʻyib, soxta hujjat tuzadi.
N. Bozorov soxta guvohnoma olish uchun berishi kerak boʻlgan 800 000 ming soʻm pullarga maxsus kimyoviy kukun yordamida ishlov berilib, 2 dona 10 000 soʻmlik kupyuraga maxsus qalam bilan yozuv kiritilgan edi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida soxta guvohnoma firibgari ushlanadi.
Orif ALLANAZAROV,
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmogʻi katta inspektori, 3-darajali yurist
Voqea qanday bo'lgan?
N. Bozorov traktorchi guvohnomasi kerakligini D. Yasharovga aytadi. N. Bozorov ushbu guvohnomani 1-klass qilib berishni va tezroq tayyor boʻlishini soʻraydi. D.Yasharov esa unga agar oʻqib oladigan boʻlsang bir yarim oy oʻqishing va 650 000 soʻm toʻlashing kerak boʻladi, xohlasang oʻqimasdan turib ham 1-klass guvohnoma berishim mumkin, deb aytadi. N. Bozorov taklifga rozi boʻlib, nima qilish kerakligini soʻraydi. D. Yasharov unga 1-klass texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish evaziga 800 000 ming soʻm miqdorda pul mablagʻi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurati hamda pasport nusxasi kerakligini aytadi. N. Bozorov hamma “hujjatlarni” tayyorlab, D. Yasharovning xizmat xonasida topshiradi.Soxta diplom qanday tayyorlandi?
D. Yasharov suratxonada Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Navoiy viloyat boshqarmasidan berilgan qatʼiy raqamli TMG № 100935 seriyali traktorchi-mashinist guvohnomasi va uning TOT 100935 raqamli ogohlantirish talonini rangli printerda nusxasini chiqaradi. Suratxonadagilar qanday hujjat chiqarayotganligini soʻraydi. D.Yasharov esa bu haqda ularga aytmaydi. Soxta guvohnomaga N. Bozorovning shaxsiga oid maʼlumotlarni yozib, rasmini yopishtiradi. Bundan tashqari, xuddi shu raqamli TOT 100935 raqamli soxta ogohlantirish talonini ham tayyorlaydi. Guvohnoma tayyor boʻlganligini N. Bozorovga aytadi. N. Bozorov esa pul bilan ertangi kun borishini aytadi.Guvohnoma kimlarga beriladi? Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 325-sonli qarorida traktorchi-mashinist guvohnomasini olish tartibi koʻrsatilgan. Yaʼni, traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun dastlab taʼlim muassasalarida oʻqigan, mazkur yoʻnalishda oʻqiganligi toʻgʻrisida diplom (yoki sertifikat), tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, 3x4 fotosurati, nomzoddan nazariy va amaliy imtihonlar olingandan soʻng, imtihon natijalari varaqasiga yozilishi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtirilishi, mazkur bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida traktorchi-mashinist guvohnomasi beriladi. Mazkur qarorga asosan, traktorchi-mashinist guvohnomasi plastik kartochka shaklida boʻlishi koʻrsatilgan.
Fribgar qanday ushlandi?
Ertasi kuni N.Bozorov guvohnomani olgani pul bilan boradi. D. Yasharovga pulni berib, soxta guvohnomani olib chiqib ketadi.N. Bozorov soxta guvohnoma olish uchun berishi kerak boʻlgan 800 000 ming soʻm pullarga maxsus kimyoviy kukun yordamida ishlov berilib, 2 dona 10 000 soʻmlik kupyuraga maxsus qalam bilan yozuv kiritilgan edi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida soxta guvohnoma firibgari ushlanadi.
Mansabdor shaxs kim? Jinoyat kodeksining 8-boʻlimida doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatiʼy nazar, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs deb topishligi koʻrsatilgan.
Sud hukmi
Sudlanuvchi D. Yasharov Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga koʻra 1 yil muddatga davlat organi va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik, moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinadi. Shuningdek, ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.Orif ALLANAZAROV,
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmogʻi katta inspektori, 3-darajali yurist
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Terrorchi soxta passport orqali Germaniyaga uchmoqchi bo‘lgan
Internet firibgarlari
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Niderlandiyada sayyohlar soxta COVID testlari bilan qo‘lga tushdi
Davlat tilida nom berish xizmati koʻrsatiladi.
Aviachipta firibgarlari
Izohlar (0)