Davlat tilida nom berish xizmati koʻrsatiladi.
“Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (144-son, 16.03.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga davlat tilida nom berish (neyming) xizmati ko‘rsatiladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar deradi.
Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga bu bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
● davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda obyektlarga qo‘yish tavsiya etiladigan nomlar zaxirasini onlayn rejimida shakllantirish hamda uni doimiy yangilab borish;
● tashqi yozuv, peshlavha, reklama va e’lonlar matnini tayyorlash, shuningdek, ularning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqligi, nomlarning bir xil yoki o‘xshashlik darajasi yuzasidan lingvistik ekspertiza o‘tkazish;
● obyektlar uchun davlat tilida nomlar yaratish va tanlash bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish.
Obyektlarga nom berish “Davlat tili haqida”, “Firma nomlari to‘g‘risida” va “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Open public service” tadbirida
AUKSIONDA “MAN” AVTOMASHINASI
Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun davlat mukofoti joriy etiladi
Izohlar (0)