Gʻalati holat
Bu kabi gʻalati holat sigirlar sogʻligʻi haqidagi gʻamxoʻrlik va fermerlarning moliyaviy daromadi bilan tushuntiriladi. Sigir oʻz egasiga maksimal daromad keltirishi va yuqori sifatli sut berishi uchun sogʻlom boʻlishi lozim. Biroq afsuski, sigirlarning murakkab tuzilgan ovqat hazm qilish tizimi har doim ham soat kabi bir maromda ishlamaydi. Oshqozon-ichak tizimidagi buzilishlar esa hayvonlarning oʻlimiga sabab boʻladi. Bu kabi patologik oʻzgarishlar ozuqaning keskin oʻzgarishi, ratsionga yangi qoʻshimchalarning joriy etilishi yoki boshqa sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Sigirning oshqozonidagi mikroorganizmlar yangi turdagi ozuqani hazm qilish uchun har doim ham moslasha olmaydi. Hazm qilish jarayonlarining buzilishi natijasida yigʻilgan gazlar jonivorning halok boʻlishiga sabab boʻladi.
Salomatlik holatini nazorat qiladi
Bu kabi achinarli oqibatlarning oldini olish uchun ham maxsus qurilmalar oʻylab topilgan.Yosh jonivorlarning koʻp kamerali oshqozonining birinchi boʻlimiga probkali maxsus voronka oʻrnatiladi. Keyinchalik yangi ozuqaviy qoʻshilmalar bilan tajriba oʻtkazish jarayoni yoki salomatlik holatini nazorat qilish uchun probkani ochish, mikroflora namunalarini olish yoki boshqa zaruriy taomillarni amalga oshirish mumkin. Oshqozonda toʻplangan, noqulaylik tugʻdiradigan yoki oʻlimga olib keladigan gazlar klapanning ochilishi bilan osongina yoʻqotiladi. Sigirlarning yon tomonidagi bu kabi qurilmalar Shveysariyadagi koʻpgina yirik chorvadorlik majmualarida keng tarqalgan. Amaliy foydasidan tashqari, yon tomondagi bu kabi klapanlar sut fermalariga ekskursiyaga kelgan maktab oʻquvchilari va kattalar uchun koʻrgazmali qoʻllanma vazifasini ham oʻtaydi.Zulfiya BOBOYEVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)