Imom al-Buxoriy haqida bilasizmi?
Olim Ibrohim ibn Maʼqal an-Nasafiy (854-yilda vafot etgan) Imom al-Buxoriyning nomidan shunday hikoya qiladi: “Bir kun biz Is'hoq ibn Rohvayhning huzurida boʻlgandik. Shunda u: birontangiz Rasulluloh-sallollohu alayhi va sallamning sahih hadislarini muxtasar bir kitob tarzida jaʼm qilsangiz edi,-dedi. Bu gap mening qalbimga chuqur oʻrnashib qolib, oʻshandan boshlab ”Al-Jomiʼ as-sahih“ asarimni yozishga kirishdim”.
Ikkinchi fikr
Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr quyidagicha talqin qilingan: “Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari shunday deganini eshitganman: “Tushimda Paygʻambar alayhissalomni koʻribman, goʻyoki men u zotning roʻbarularida turibmanu qoʻlimdagi yelpigʻich bilan u zoti sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu voqea haqida tushning taʼbirini aytuvchilardan soʻrasam, Siz Paygʻambar alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. Mana shu gap mening zimmamga “al-Jomiʼ as-sahih”ni yozishni yukladi”. Imom al-Buxoriy gʻoyatda taqvodor va pokiza inson boʻlganligidan Muhammad alayhissalomning sahih hadislarini toʻplashga juda katta masʼuliyat va halollik bilan yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning oʻzi: ”As-Sahih“ kitobimga tahorat qilib ikki rakʼat namoz oʻqimasdan turib bironta ham hadis kiritmaganman-deb taʼkidlaydi. Oʻrni kelganda taʼkidlash joizki, Paygʻambar hadislariga bagʻishlanib oʻsha davrda yaratilgan asarlarga xilma-xil hadislar bilan bir qatorda sahobalarning qavllariyu tobeʼiynlarning fatvolari ham kiritilgan. Bunga misol qilib mashhur olim Molik ibn Anasning (712-795) ”al Muvatto" va boshqa qator asarlarni koʻrsatish mumkin.Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)