Akrom Malik qamoqxonada yozgan asarini chop ettirdi
Navoiyshunos, tadqiqotchi olim Akrom Malikning ozodlikdan maxrum boʻlgan vaqtda yozgan asari nihoyat chop etildi.
Akrom Malikning bu risolasi Alisher Navoiyning Xamsa dostonidagi “Hayrat ul-abror” asari matni, sharhi, nasriy bayoni va lugʻatini oʻzida mujassam qilgan birinchi kitobdir.
“Navoiyni oʻzbek xalqi sevadi. Uni ommaga yaqinlashtirishda ushbu kitob yordam beradi. Mening asosiy maqsadim ushbu kitobni 3 jildini ham chop ettirishdir”, deydi Akrom Malik.
Navoiyni yoshlarga yaqinlashtirishga, sodda tilda kengroq ommaga tarqalishiga yordam beruvchi “Hayrat ul-abror” matni, sharhi, nasriy bayoni kitobi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan moliyalashtirilmagan. Akrom Malik ham oʻz oʻrnida uyushmaga yordam soʻrab borishni istamagan. Hozirda muallif kitob reklamasi, uning audio bayonini keng yoyishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilmoqda. Yozuvchi Navoiy tili murakkab boʻlsa-da, mazkur sharh turli yosh va bilimdagi keng ommaga moslashtirilganini aytmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, kitobda birgina “Bismillah” soʻzining sharhiga alohida bob ajratilgan. Shuningdek, kitobda Abdurahmon Jomiy, “Koʻngil” uchun ham boblar ajratilgan.
Muallifning aytishicha, Navoiy asari ilk marotaba shunday tushunarli sodda nasriy bayonda chop etilmoqda. Kitob muqovasi bilan birga 476 sahifani tashkil etib, “Tamaddun” nashriyotida 3 ming nusxada chop etilgan. Masʼul muharrir filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Davlat mukofoti sohibi Shuxrat Sirojiddinov, ilmiy muharrir filologiya boʻyicha falsafa doktori Olimjon Davlatov hisoblanadi.
Kitobni xorijda sotish ham rejalashtirilgan hamda turk tiliga tarjima qilinishi mumkinligi aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)