Majruh qizga uylangan olim

Oila qurish ham, tijorat ham savob. Shunday insonlar borki, savob uchun atayin uylangan. Shu kunlarda boʻlib oʻtgan bir voqeani sizlarga aytib beray. Bir tanishim bor, uni yaxshi bilaman. Juda kibor, ishbilarmon, tartibli, pokiza, yaxshi bir podpolkovnik edi. U menga bir voqeani gapirib berganda hayron qolgan edim.
Uylanish koʻngil istagi, lekin savobdir...
Otasi qoʻshnisining eshigini taqqillatib:— Ziyoratingizga keldim, — deydi.
— Marhabo, marhabo ustoz! Qani, ichkariga kiring. Boshimizning tojisiz. Bizni juda xursand qildingiz, — deb toʻrga oʻtqazishibdi. Chunki u jiddiy, taniqli olim kishi boʻlgan…
— Ustoz, qadam ranjida qilganingiz uchun Alloh sizdan rozi boʻlsin. Biror xizmatingiz bormi? Bir ogʻiz aytganingizda oʻzimiz borardik, sizni ovora qilmagan boʻlardik. Qoʻlingizni, oyogʻingizni oʻpardik. Ayting, nima xizmatingiz yoki istagingiz bor?
— Ha, Allohning amri, hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasalam sunnatlariga muvofiq sizning qizingizga uylanmoq istagida edim, roziligingizni olmoqqa keldim», — deydilar.
Kutilmagan voqeadan qoʻshnisining boshidan bir chelak suv quyilganday boʻlibdi…
— Ustoz, mendan agar jonimni soʻrasangiz, jonimni ham beraman. Ammo qizim sizga loyiq emas! Qizimizning ikki oyogʻi shol, majruh. Biz — ota-onasi unga zoʻrgʻa qaraymiz. Siz ulugʻ olim boʻlsangiz, sizga xizmat qiladigan jufti halol zarur! Qizimiz kasal boʻlsa… — debdi. Haligi olim kishi esa:
— Hammasidan xabarim bor, shu qizingizni menga berasiz — deb turib olibdi. Nochor qoʻshnisi rozi boʻlibdi va qizini unga beribdi. Shu qizdan haligi harbiy odam tugʻilgan ekan. Olim kishi: “Bu qiz nogiron boʻlgani uchun unga hech kim uylanmaydi, chiroyli boʻlganida hamma ketidan chopardi. Kel, men shu faqir, bechoraga uylanib, koʻnglini koʻtaray, savob qozonay”, — deb uylangan ekan…
Uylanish savob. Qoʻsha-qoʻsha savob olish uchun ham oʻsha qizga uylanibdi. Mana buni ulugʻlik, qahramonlik desa boʻladi! Bunday insonga tarixdan alohida bir sahifa ajratish kerak, menimcha! Amerikada boʻlganda edi, bu hodisani katta reklama qilgan boʻlur edilar.
Ha, uylanish koʻngil istagi, lekin savobdir…
“Islom va axloq” kitobidan
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)