Havoyi nafsga berilib faxr qilish
Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmad ibn Hanballar rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Faxr emasku, men odam bolasining ulugʻidirman”, deganlar.
Boshqa bir hadisda esa Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
“Meni Musodan afzal koʻrmanglar”-deganlar.
Buni qandoq tushinsa boʻladi? Ulamolarimiz bu narsani oʻrganib chiqib quyidagi javobni berganlar: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Meni Musodan afzal koʻrmanglar”-degan gaplarining sababi bor.
Bir yahudiy odam: “Musoni bashariyat ustidan yonlab olgan zot bilan qasamki”-degan.
Bu gapni eshitgan bir musulmon haligi yahudiyni bir tarsaki urib: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ichimizda turib shu gapni aytasanmi?!”-degan.
Shikoyat
Soʻngra, tarsaki yegan yahudiy Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib shikoyat qilgan. Ana oʻshanda U zot sollallohu alayhi vasallam: “Meni Musodan afzal koʻrmanglar”-deganlar.Chunki, taassub va tarafkashlik yoʻli bilan havoyi nafsga berilib afzal koʻrishlik durust emas. Alloh bunday faxr qilishni harom qilgan. Zero Alloh taolo Qurʼoni Karimda: “Oʻsha paygʻambarlar. Ularning baʼzilarini baʼzilaridan afzal qildik”- degan.
Ushbu tushuntirish va misollardan koʻrinib turibdiki, muhaddisning vazifasi boshqa, faqihning ishi boshqa. Ikkovlari ham hadisi sharifga bogʻliq ish qiladilar.
Ammo ikkovlarining ishlari oʻziga xosdir.
Hadislardan
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)