Inson sof tabiat ila tugʻiladi
Termiziy “Iymon” kitobida hasan sanad ila rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda kishilarning hidoyati haqidagi masala koʻtarilmoqda. Albatta, bu masala qadimdan koʻpchilikning boshini qotirib kelgan. Kishi hidoyatni oʻz ixtiyori ila topadimi yoki bu ishga uning daxli yoʻqmi? Baʼzilar “Inson hech qanday ixtiyorga ega emas, u peshonasiga nima yozilsa, shunga yuradi”, deydilar.
Boshqalar esa “Insonning oʻz ixtiyori bor, u nimani xohlasa, shuni qila oladi”, deydilar.
Islomda bu masala ham oʻziga xos uslubda muolaja qilingan. Islomiy taʼlimotlarga koʻra, inson turli quvvat, malaka va isteʼdodlar bilan yaratiladi. Inson ana shu quvvat, malaka va isteʼdodlarni yaxshi tomonga ham, yomon tomonga ham yoʻllashi mumkin.
Inson faqat yaxshi yoki yomon boʻlmaydi, balki Alloh taolo har bir insonni sof tabiat ila yaratadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda:
“Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir tugʻilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy va nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning but-butun hayvon tugʻishiga oʻxshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?” dedilar.
Soʻngra Abu Hurayra: “Agar xohlasangiz, «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir” degan oyatni oʻqing», der edi» (“Rum” surasi, 30-oyat).
Toʻrtovlari rivoyat qilganlar.
«Har bir tugʻilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy va nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning but-butun hayvon tugʻishiga oʻxshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?” dedilar.
Soʻngra Abu Hurayra: “Agar xohlasangiz, «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir” degan oyatni oʻqing», der edi» (“Rum” surasi, 30-oyat).
Toʻrtovlari rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisda Alloh taolo insonlarni sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlarning, xususan, ota-onaning tarbiyasi sababli bu soflikka futur yetishi, uning buzilishi haqida soʻz ketmoqda. “Fitrat” degani sof tabiat, dinni toʻgʻri qabul qilishga boʻlgan isteʼdod, deganidir.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoda tugʻiladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning dinini qabul qilish isteʼdodi bilan tugʻilishi haqida xabar bermoqdalar.
Ota-onalar o'z farzandlarini tarbiyalaydilar...
Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan “Sen yahudiy boʻlasan, sen nasroniy boʻlasan, sen majusiy boʻlasan”, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli dinga mansub boʻlishiga sabab bor:“Bas, ota-onasi uni yahudiy, nasroniy va majusiy qiladi”.
Yaʼni ota-onalar oʻz farzandlarini oʻz dinlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy boʻlib qoladilar.
Shu joyda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu maʼnoni toʻliqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar.
“Bu xuddi hayvonning but-butun hayvon tugʻishiga oʻxshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?” dedilar.
Yaʼni har bir hayvon bolasi onasidan but-butun tugʻiladi. Birortasining qulogʻi yoki burni kesilmagan boʻladi. Ammo egalari belgi qoʻyish maqsadida va yana boshqa niyatda quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga oʻxshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tugʻiladi, u yahudiy, nasroniy yoki majusiy boʻlib tugʻilmaydi. Ota-onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy boʻladi.
Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhuning ushbu hadisni rivoyat qilgandan soʻng: “Agar xohlasangiz, «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini oʻzgartirib boʻlmas. Ushbu toʻgʻri dindir” degan oyatni oʻqing», deb qoʻyadigan odatlari bor edi. Yaʼni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida kelgan maʼnoni Qurʼoni Karim ham tasdiqlashini bildirib qoʻymoqchi boʻlar edilar.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)