Sabr qilmoq toʻgʻrisida
Abu Saʼid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Ansoriylardan bir qancha odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (mol) soʻradilar. Bas, U zot ularga berdilar. Soʻngra yana soʻradilar. Yana berdilar. Soʻngra yana soʻradilar. Yana berdilar. Hattoki, huzurlaridagi narsa qolmadi. Shunda U zot: «Huzurimda ne yaxshilik boʻlsa, sizlarga bermay olib qolmasman. Kim iffat talab boʻlsa, Alloh uni iffatli qilur. Kim behojatlik talab qilsa, Alloh uni behojat qilur. Kim sabr talab qilsa, Alloh uni sabrli qilur. Hech kimga sabrdan koʻra yaxshiroq va kengroq ato berilmagan”, dedilar»
(Beshovlari rivoyat qilgan).
Sabr ziyodir
Rasululloh (S.A.V): “Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga sabr qilgan musulmon ularga aralashmaydigan va ozorlariga sabr qilmaydigan musulmondan yaxshidir”, dedilar(Imom Termiziy rivoyat qilgan).
Abu Molik al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilgan uzun hadisda Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) jumladan: “Sabr ziyodir”, deganlar.
(Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Nasaiy rivoyat qilgan).
Muhammad Zohid QOʻTQUning
“Sabr” kitobidan
“Sabr” kitobidan
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)