Gap koʻtarib kelish haqida
Ikki shayx va Imom Termiziy rivoyat qilgan:
Abdulloh (roziyallohu anhu): “Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): taqsim qildilar. U zot baʼzi taqsimlariga oʻxshatib taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Allohga qasamki, bu taqsimlashda Allohning roziligi iroda qilinmadi”, dedi.
Bas, men “Allohga qasamki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga xabar beraman” dedimda u zotning huzurlariga bordim. U zot oʻz sahobalari bilan ekanlar. Men u zotga u aytgan gap haqida sir ravishda xabar berdim. Bu u zotga ogʻir botdi. U zotning yuzlari oʻzgarib, gʻazablari chiqib ketdi. Hatto men “u zotga xabar bermasam boʻlar ekan” dedim. Soʻngra u zot: “Alloh Musoni rahmat qilsin! U bundan ham koʻproq ozor yeb sabr qilgan edi”, dedilar.
Imom Muslim rivoyat qilgan:
Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Hunayn kuni boʻlganda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) taqsimlashda baʼzi odamlarni ustun qoʻydilar. U zot al-Aqraʼ ibn Hobisga yuzta tuya berdilar. Uyaynaga ham shuncha berdilar. Arablarning ashroflaridan baʼzilariga ham berdilar va ularni oʻsha kuni taqsimlashda ustun qoʻydilar. Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bu taqsimlashda adolat qilinmadi. Bunda Allohning roziligi iroda qilinmadi”, dedi.Bas, men “Allohga qasamki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga xabar beraman” dedimda u zotning huzurlariga borib u aytgan gap haqida xabar berdim.
U zotning yuzlari oʻzgarib teri boʻyaladigan qizil qonga oʻxshab ketdi va: “Agar Alloh va Uning Rasuli adolat qilmasa, kim adolat qiladi?! Alloh Musoni rahmat qilsin! U bundan ham koʻproq ozor yeb sabr qilgan edi”, dedilar.
Shunda men “Bundan keyin u zotga gap koʻtarib kelmasam boʻlar ekan”, dedim».
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)