Soʻnggi qoʻngʻiroq

Tongdan boshlanadi sinfda qiy-chuv,
Qishda qor, yozda sepishardik suv,
Endi ogʻir boʻldi xayrlashuv,
Oʻn yil boʻlib hamma doʻst-oʻrtoq,
Ajratadi soʻnggi qoʻngʻiroq.
Algebradan olgandik tanbeh,
Yecholmayin tenglamani, eh,
Bu damlarga hech yoʻqdir tashbeh,
Tuyuladi boʻlib sal ogʻirroq,
Ajratadi soʻnggi qoʻngʻiroq.
Ilk muhabbat qalbda joʻsh urib,
Aytmoqlikka iymanib turib,
Daftar bahona, xatlar berib,
Sevgi xatlari javobsiz, soʻroq,
Ajratadi soʻnggi qoʻngʻiroq...
Feruza QODIROVA
24.05.2021
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Vatandoshlar huquq va manfaatlari himoyada

BMT bosh kotibi Guterresh barchani “birgalikda ishlash”ga chaqirdi

MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ

Liviyada qor manzaralari

Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
Izohlar (0)