BMT bosh kotibi Guterresh barchani “birgalikda ishlash”ga chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyo soʻnggi yuz yildagi eng ogʻir inqirozni boshdan kechirmoqda. Uning aytishicha, bugungi dunyoni taʼriflash uchun birgina soʻz yetarli — “moʻrtlik”.
“Ikki milliondan ziyod inson halok boʻldi. Biz soʻnggi yuz yildagi iqtisodiy inqirozlarning eng yomoniga duchor boʻldik” — dedi Guterresh “Davos kun tartibi” tadbiridagi chiqishida.
Bundan tashqari, Antoniu Guterreshning fikricha, pandemiya koʻplab global muammolar yuzidagi pardani ochib tashladi — odamlar va mamlakatlar orasidagi tengliksizlik, “iqlimiy va bioxilma-xillik inqirozlari”ning nobarqarorligi yaqqol koʻrinib qoldi. Tabiatga qarshi urush ochgan insoniyat javob zarbasini oldi, dedi bosh kotib.
Pandemiya keltirib chiqargan inqirozdan oʻnglanish, moʻrtlikdan barqarorlikka oʻtish faqatgina hamjihatlikda amalga oshishini taʼkidlagan Guterresh davlatlar va shaharlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlarni “birgalikda ishlash”ga chaqirdi, deb yozadi xabar.uz.
Foto: UNAIDS
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Si Szinpin yangi sovuq urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Muhim uchrashuv
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Izohlar (0)