Qoʻrqmagan qo'l…
Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxoʻrlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni oʻzlashtirish, taʼmagirlik, fitna, sovgʻa, qarindoshchilik, homiylik va hokozolar. Shuningdek yirik, mayda koʻrinishlari bor. Biroq har qanday turi va koʻrinishida ham u jamiyatni rivojlanishdan orqaga tortayotgan jinoyat, murosasiz illatdir.
Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan poraxoʻrlik va korrupsiyani tugatish, xizmat vazifasini suʼistemol qilmaslik yuzasidan koʻplab qonuniy hujjatlar amaliyotga tadbiq etilyapti, korxona, tashkilotlarda oʻtayotgan tadbirlar, yigʻilishlarning mazmun-mohiyati ham shu haqida.
Negaki, jamiyatimiz bu illatdan qutilishi, korruptsiyaning tag-tomiri bilan uzib tashlash - islohotlarimizning bosh maqsadlaridan biridir. Bu borada hukumat rahbari, qonun himoyachilari, huquqshunoslar va keng jamoatchilik tomonidan talay ishlar olib borilyapti, chora-tadbirlar belgilanib, murosasiz kurash ochilgan. Biroq shularga qaramasdan maʼlum bir sohalarda korrupsiya koʻzga tashlanmoqda.
Sodda qilib aytganda, tez-tez qulogʻimizga chalinadigan: nafsingga yengilib jinoyat koʻchasiga kirib qolma, qingʻir ishning oxiri pushaymonlik bilan tugaydi, jinoyatga yarasha jazo bor, soʻzlarining shunchaki soʻz deb emas, balki ogohlantirish, deb bilganida, qanchadan qancha qoʻllar pora tutishdan choʻchir edi, shirin tuyulgan harom luqma jigʻildonga tushmas edi, farzandlar oqibatsiz, turmush barakasiz, umr havlovatsiz boʻlmas edi. Lekin afsuski, oqibatini bilsa-da, jinoyatga tavakkal kirgan, oʻz kasbiga xiyonat qilgan, amalidan foydalanib fuqarolardan pora talab qilayotgan kimsalarning jamiyatimizda uchrayotgani achinarli hol. Yaqinda ana shundaylarning ustidan sud hukmi oʻqildi.
2021 yil mart oyining 16 kuni, Navoiy viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudi ochiq sud majlisida Musaev Bahriddin va Nuriddinov Shuhrat (ism-shariflar oʻzgartirildi)ga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Sudlanuvchi B. Musaev Navoiy viloyati transport boshqarmasi inspektori vazifasida ishlab kelib, hamkasbi Sh. Nuriddinov bilan birgalikda 2020 yilning 10 noyabrь kuni soat taxminan 18-00 lar atrofida “Spark” rusumli avtotransport vositasini toʻxtatib, haydovchi Roʻziev Neʼmatillodan hujjatlarini olib, uning yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanayotganligini aniqlagach, noqonuniy ravishda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga bir million soʻm pul talab qilgan.
Koʻza kunda emas, kunida sinadi, degan maqol bejizga emas.
Yuqoridagi inspektorlarning noqonuniy hatti-harakati koʻpdan buyon haydovchilarning gʻashiga tegib kelayotgani bois, ular ichki ishlar organiga bevosita murojaat etishgan. Sud majlisida ishtirok etgan guvoh, haydovchi N. Roʻziev shaxsiy avtotransport vositasida litsenziya olib, qonuniy yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanib kelishini, u ishlayotgan vaqtida noqonuniy yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchilarni Navoiy transport boshqarmasida ishlab keluvchi Bahriddin, Shuhrat ismli yigitlar, «taksi»chilarga bayonnoma tuzmaslik uchun besh yuz mingdan bir million soʻmgacha pora soʻrab kelayotganini, u bu holatni toʻxtatish maqsadida Navoiy viloyat IIBga murojaat qilib oʻz avtomashinasida tadbirda qatnashishga rozi boʻlganini aytdi. Darhaqiqat, tadbir davomida haydovchi yuqoridagi inspektorlarning har doimgidek Samarqand postida oʻtirishini taxmin qilib, oʻsha tomonga harakatlanib, ikki nafar fuqaroni yoʻlovchi sifatida mashinasiga oʻtqazib oladi.
Samarqand postida daryo transport xodimi uni toʻxtatib haydovchilik va fuqarolik pasportini tekshirib boʻlgach, yoʻlovchi tashish boʻyicha hujjati yoʻqligini aniqlaydi, kutilganidek, masala taʼmagirlikkacha borib yetadi. Pora miqdori savdolashilib oxiri bir millionga toʻxtalgach, haydovchini Bahriddin yoʻl chetidagi xonachaga taklif etib pullarni olayotganida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Jamoatchilikning uygʻoqligi, qonunbuzilish holatlarga nisbatan murosasizligi oqibatida ikki poraxoʻr xizmatchining jinoiy faoliyatiga barham berildi. Biroq masalaning ikkinchi tomoni, sudlanuvchilarning har ikkalasi 30 yoshga toʻlib toʻlmagan, ishga kirganiga 3 yil boʻlgan xodimlar ekanligidir. Ularning har ikalasi sud zalidan qamoqqa olindi, endilikda yosh umrini oilasidan yiroqda, ozodlikdan mahrum boʻlib oʻtkazishga majbur. Chunki korrupsiyaga qonunlarimiz murosasiz, jazo muqarrar etib belgilangan.
Inson oʻz nafsi vas-vasasini yengishi, tekin luqmani koʻrganida vijdoni uygʻonib gunohi badali haqida oʻylab koʻrishi uchun ong, idrok berilgan. Buni sudlanuvchilar bilmaydimi, biladi, albatta. Аfsuski, tekin daromad uchun atay «ov»ga chiqqanining oʻziyoq, qonunlarimizga bepisandligi, oʻz taqdiriga befarqligidan darak beradi. Ularning tekin daromad yoʻliga oʻtib olishiga qaysidir maʼnoda noqonuniy kirakashlik qilayotgan haydovchilarning ham hissasi bor.
Poraxoʻrlik odatda ikki tomonning ishtiroki bilan sodir boʻladi. Ularning «ogʻzini shirin qilib», qingʻirligiga hissa qoʻshib kelayotgan kirakashlar qonuniy yoʻl bilan hujjatini toʻgʻrilab yoʻlida yursa olam guliston emasmi? Dinimizda ham, qonunlarimiz oldida ham pora olgan va bergan uchun ham javobgarlik muqarrarligini unutmaslik kerak. Buning uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur.
Аxir har birimiz, qonun ishtirokchisimiz. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish esa oiladan, bolalikdan boshlanadi. Mahalla, keng jamoatchilik birgalashib hamkorlik qilgan yerda illlat ildiz otmaydi, yoshlar yoʻldan adashmaydi.
Аslida har bir oʻtayotgan kunimiz, olayotgan nafasimiz, umrimiz oʻlchovli. Hatti-harakatimizni minglab, millionlab koʻzlar kuzatib turibdi. Bir burda nonga ham insonning qorni tuyadi aslida. Аna shu bir boʻlak nonni halol topib yeyish, farzandlari, oilasiga halolidan yetkazish har kimga nasib etsin. Chunki bu dunyoda toʻgʻri va halol yashash ham –neʼmat ekanligini unutmaylik.
Sanjar YAXYOYEV,
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi ichki xafsizlikni taʼminlash tarmogʻi katta inspektori adliya kichik maslahatchisi.
Hilola Ismatova, jurnalist.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Kredit firibgarlari
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik bor
Mast talonchi ushlandi
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
“Google” oʻz qidiruv tizimini Avstraliyadan olib tashlash bilan tahdid qilmoqda
Izohlar (0)