Mast talonchi ushlandi
Xabarga koʻra, Navoiy shahrida talonchilik bilan fuqaroning sumkasini olib qochmoqchi boʻlgan shaxs ushlanadi.
Yaqin atrofda xizmat vazifasini oʻtayotgan yoʻl-patrul xodimini ham payqamay qoladigan darajada mast boʻlib qolgan talonchi endi javobgarlikka tortiladi.
Taʼkidlanishicha, ayol kishining yordam soʻrab baqirganidan hushyor tortgan yoʻl-patrul xizmati xodimi bilan hududda xizmatda boʻlgan milliy gvardiya boshqarmasi xodimi talonchini qoʻlga oladi va ichki ishlar boʻlimiga keltiradi.
Maʼlum boʻlishicha ushbu shaxs oldin ham bir necha marotaba sodir etgan jinoiy hatti-harakatlari uchun qonun oldida javob bergan.
Shu yerda xizmat olib borayotgan yo'l-patrul xizmati inspektori Sunnat Akramov baqir-chaqir ovozni eshitib, voqea joyiga zudlik bilan yetib keladi.
- A. Temur koʻchasida xizmat olib borayotganimda ayol kishining qichqirgan tovushi eshitildi. Shu payt qarasam, noma'lum shaxs ayol kishining sumkasini yulib olishga urinyapti. Ularga qarab yugurdim, mani koʻrdi-da, talonchi qochishga urindi. Sumkani ololmadi qoʻlidan. Ortidan yugurib talonchini ushlab oldim. Fuqaro mast ekan, - deydi S. Akramov.
Mazkur fuqaro militsiya tayanch punktiga olib kelinganida, u oldin ham bir necha bor javobgarlikka tortilganligi maʼlum boʻldi. Hozirda dastlabki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Zoʻr.tv.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatish asoslari
Tuynuk ochib kirgan oʻgʻri qoʻlga tushdi
Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi
MOSKVA VILOYATIDAGI NOMAʼLUM AYOL BOLALAR BOG‘CHASIDAN BOLANI O‘G‘IRLAMOQCHI BO‘LDI
Izohlar (0)