Pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV 27-sonli koloniyasida oldin jinoyat sodir etib jazo muddatini oʻtayotgan mahkum R.Q. Koloniya boshligʻining oʻrinbosari mayor K.Bekmuratovga shartnoma obʼektlariga ishga jalb qilmaslik evaziga 200.000 soʻm pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat yuzasidan koloniya boshligʻining oʻrinbosari mayor K.Bekmuratov Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan, deb xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
Mazkur bildirgiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boʻlimi va Qoʻngʻirot tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida mahkum R.Q. koloniya boshligʻining oʻrinbosari mayor K.Bekmuratovning xizmat xonasida 200.000 soʻm pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Qoʻngʻirot tumani boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Pora bilan qoʻlga tushdi
Navoiyda xodimga “kelishishni” taklif qilgan fuqaro ushlandi
Devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi
Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Izohlar (0)