Don rizq-roʻzimiz, uni yongʻindan asrang: “101” xabar qiladi
Aziz hamshaharlar!
Yoz faslida bobo dehqonlarimiz yetishtirgan gʻalla pishib yetiladi. Aytib oʻtish joizki, gʻalla hosilini nobudgarchiliksiz yigʻishtirib olish hozirgi kunimizning dolzarb mavzusidir. Bu davr boshqa sohalarda boʻlgani singari yongʻin xavsizligi xizmati xodimlariga ham ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Chunki gʻalla - don demakdir, don esa bizning nonimiz, rizq-roʻzimiz, boyligimiz. Modomiki shunday ekan, nonimiz, donimiz, gʻallamizni har qanday ofatdan saqlash, shu jumladan oʻt balosidan, yongʻin xavfidan asrash shu yurtda yashab turgan, shu yurt farzandiman, degan har bir insonning bosh maqsadi boʻlishi kerak.
FVB tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi boʻyicha tegishli ishlar olib borilmokda. Jumladan, don mahsulotlarini yigʻib olish, saqlash va qayta ishlash davrida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Shu bilan birga “Navoiydon mahsulotlari” OAJga qarashli don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxona omborxonalari va gʻallani tashishga jalb etiladigan texnikalarning yongʻinga qarshi holati boʻyicha monitoring yoʻli bilan tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.
Mazkur tekshiruvlar jarayonida yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan holatlar va koʻpgina kamchiliklar aniqlanib, shu nuqsonlar va amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar yuzasidan yuqori tashkilot va hokimiyatlarga axborot va taqdimnomalar berildi.
Ushbu nuqson va kamchiliklar oz fursatda bartaraf etildi. Mavsum boshlanishidan oldin Navoiy shahar FVB xodimlari tomonidan gʻalla oʻrimida ishtirok etadigan kombayinlar, don tashishga moʻljallangan avtotransport vositalari, uchqun oʻchirgichlar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, texnik jihatdan soz va oʻrganilib chiqilmoqda.
Shunda kombayinlarning barchasi yongʻin oʻchirish vositalari bilan toʻliq taminlangani, don tashishga moʻljallangan avtomobil va traktor tirkamalari shu jihozlar bilan taʼminlanganligiga e'tibor qaratilmoqda.
Albatta bu bilan cheklanib qolmay, joylardagi yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan don qabul qilish maskanlari gʻalla mavsumiga tekshirilib, mavsumga shay holatga keltirildi.
“GʻALLA-2021” mavsumini betalofat oʻtkazish, gʻallamizni tez kunlarda yigʻib olish uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga izchil rioya qilishimiz shart.
Nurbek Faxritdinov,
Navoiy shahar FVB inspektori, kapitan.
Farxod Yuldoshev,
Navoiy shahar FVB mutaxassisi, oddiy askar.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)