Talabalik davrim mening...
Har bir ilm tolibi yoshligidanoq oliy taʼlim muassasasida tahsil olishni, nufuzli oʻquv dargohi talabasi boʻlishni orzu qiladi. Zotan, oliy taʼlim – porloq kelajak sari yetaklovchi muhim omil demakdir.
Bugun ana shunday baxtga sazovor yoshlar qatorida ekanman, Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti birinchi bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqdaman.
Institutimiz – nurli dargoh. Talabalari bilimli, ustozlari ziyoli va talabchan. Shu kunlarda oliygohimizning jonkuyar talabalari-yu benazir muallimlari tomonidan ajoyib tadbirlar, xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Amaliy ishlar…
Jumladan institutning professor oʻqituvchilari tomonidan Jizzax viloyatidagi 7 ta maktabda 9 ta fandan bepul tayyorlov kurslari tashkil etildi. Loyiha doirasida 324 nafar oʻquvchi oʻz maktablarida hafta davomida tashkil etiladigan tayyorlov kurslarida chuqurlashtirilgan bilimlarni egallamoqda.Shuni alohida taʼkidlab oʻtishim joizki, oliygohimizga Hindistonning “Sabrahm” instituti vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi. Muloqot va muzokaralar davomida institutimiz rektori Sh.S. Sharipov mehmonlarni oliygohimizda yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va kelajak rejalar bilan batafsil tanishtirdi. Shuningdek iki mamlakat taʼlim tizimi boʻyicha tajribalar almashildi.
Daraqiqat, oʻquv muassasamizdagi sharoitlar maqtagulik darajada. Ayni damda institutimizda 14 ming nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Quvonarlisi shundaki, 2021-2023-yillarda ular uchun 1080 oʻrinli zamonaviy va shinam yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu yaratib berilayotgan imkoniyatlar biz, ilm toliblarini yanada izlanishga, gʻayrat bilan pedagogika sir-asrorlarini mukammal oʻrganishga chorlaydi.
Sanjarbek JALOLOV,
Jizzax davlat pedagogika instituti tarix
fakulteti birinchi bosqich talabasi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Navbahor tumanining “oltin fondi” va “qizil hudud”dan “yashil hudud”ga qanday o‘tiladi?
«Uzbekistan airways» - 50 foizgacha chegirmalar
Izohlar (0)