Qashqadaryoda ota o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ota mast holatda o‘z o‘g‘lini temir bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 24 avgustidan 25 avgust kuniga o‘tar kechasi Chiroqchi tumani “Tarag‘ay” MFYda yashovchi A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, uyiga kelgan.
Shu vaqtda uyda mast holda bo‘lgan o‘g‘li B. bilan o‘zaro og‘zaki tortishib, janjallashib qolgan. Janjal oqibatida A.B. o‘z o‘g‘li B.ni temir bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan o‘g‘il B. 25 avgust kuni soat 03:00 da uyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)