Profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni urib o’ldirib qo’yishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab oʻldirgani haqida xabarlar tarqalgan. Bosh prokuratura axborot xizmati ushbu holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, shu yilning 10-iyulida Denov tumani Oqtom mahallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman ichki ishlar boʻlimiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan.
Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelishgan va uni avtomashinaga oʻtkazib, tuman IIBga olib ketishgan. Yoʻlda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov 11-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104 va 206-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
"Qizilsoy"da cho’milgan ayol "samosud" qilindimi?
Er rashk sababli o’z xotinini pichoqlab o’ldirdi
Qoʻshnisini tunagan ayol
Ichki ishlar xodimlaridan qochib, yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan ayolni mashina urib yubordi
Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi
Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi
Izohlar (0)