Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Talabalik davrida jinoyat sodir etib, jazoni ijro etish muassasalariga tushib qolgan mahkumlarga onlayn oʻqishini davom ettirish imkoniyati beriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
“Bu turdagi mahkumlarga oʻqishni davom ettirish imkoniyatlarini yaratish, umuman, jazoni ijro etish muassasalaridagi jazoni oʻtayotgan shaxslar oliy taʼlim muassasalarida onlayn tarzda oʻqishini belgilash boʻyicha Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Bosh prokuratura bilan birgalikda prezident qaror loyihasini tayyorlab, prezident administratsiyasiga topshirgan”, — dedi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Jamshid Sultonov.
Taʼkidlanishicha, qaror doirasida qamalguniga qadar talaba boʻlgan mahkumlarning oʻqishini davom ettirib ketishi, bundan tashqari, jazo muddatini oʻtash davrida yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda oʻqishga tayyorgarlik koʻrib, oliy taʼlim muassasalariga kirishi, oʻqishga kirgan talabalar uchun jazoni oʻtashning alohida tartiblarini joriy qilish boʻyicha ham bandlar belgilangan.
Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻining qoʻshimcha qilishicha, qaror loyihasi imzolanish arafasida deb xabar beradi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
PREZIDENT MAKTABLARI KEMBRIJ XALQARO MAKTABI MAQOMIGA EGA BO‘LDI
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
Izohlar (0)