“Hech qayerni yopmaymiz", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev

Bu haqda prezident 1-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektorda maʼlum qildi.
“Joriy yil boshida juda katta mehnatimiz natijasi bilan bor yoʻgʻi oʻrtacha 30-40 nafar bemor aniqlanayotgan edi. Oxirgi koʻrsatkichlarimiz bir kunda 160-180, 200 dan ham oʻtgan kunlar boʻlayapti. Bu juda yomon koʻrsatkich”, – dedi u.
Bosh vazirga hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirish, tunu kun ishlaydigan “koll-markaz”lar va mobil brigadalar ishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
“Afsuski, bu baloning oxiri koʻrinmayapti. Yevropa davlatlari yana lokdaunga kiryapti. Qoʻshnilarimizda ham ahvol yaxshi emas. Xavf yonimizda yuribdi. Shuning uchun ogoh boʻlishimiz kerak. Oldin qanday ishlagan boʻlsak, shu tartibni tiklaymiz. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan juda katta marralar qoʻyganmiz. Agar yopilib qolsak, bu natijalarga erisholmaymiz. Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz”, – dedi prezident.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Shavkat Mirziyoyev: “jurnalistlar mening quroldoshlarim”

Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev

Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?

«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»

"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA

Navoiy viloyatida 2ta mahalliylashtirish loyihalari ishga tushiriladi
Izohlar (0)