Davlat mukofotini olganlarga qancha miqdorda pul mukofoti berilishini bilasizmi?

Qolgan mukofotlar uchun toʻlovlar qanday?
Bazaviy hisoblash miqdori - BHI
“Mustaqillik” ordeni – BHM 75 baravari miqdorida;
“Amir Temur” ordeni – BHM 70 baravari miqdorida;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni – BHM 60 baravari;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni – BHI 60 baravari;
“El-yurt hurmati” ordeni – BHM 50 baravari;
“Fidokorona xizmatlari” ordeni – BHM 45 baravari;
“Mehnat Shuhrati” ordeni – BHM 40 baravari;
1-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni – BHM 40 baravari;
2-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni – BHM 25 baravari miqdorida;
1-darajali “Shon-sharaf” ordeni – BHM 40 baravari;
2-darajali “Shon-sharaf” ordeni – BHM 20 baravari;
“Doʻstlik” ordeni – BHM 30 baravari;
“Mardlik” ordeni – BHM 15 baravari;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali – BHM 10 baravari miqdorida;
“Kelajak bunyodkori” medali – BHM 10 baravari miqdorida;
“Jasorat” medali – BHM 10 baravari miqdorida;
“Shuhrat” medali – BHM 5 baravari miqdorida bir martalik mablagʻ toʻlanadi.
️Bu toʻlovlar mukofot egasining shaxsan oʻziga toʻlanadi.
Endi savol tugʻiladi: mukofotlangan shaxslarning ichida marhumlar ham bor edi-ku. Ularning vaziyatida nima boʻladi? Shaxs vafot etgandan keyin mukofotlangan taqdirda bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biriga toʻlanadi.
Izoh: Mustaqilligimizning 30 yillik munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.
Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xoʻjaligi rahbari;
Shavkat Ayupov — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
Ibrohim Gʻofurov — Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi;
Munojotxon Yoʻlchiyeva — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)