Sud hukmi

Joriy yilning 11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda kuchuk qiynoqqa solingani haqida videolavhalar tarqalgan edi.
Undan so'ng, Namangan viloyati IIB bunga o'z munosabatini bildirgan edi.
Ma'lum qilinganidek, 2021-yil 24-may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, Chortoq tumani XTB qarshli umumiy talim maktabining 6-snif oʻquvchisi voyaga yetmagan M.N. va shu maktabning 5-snif oʻquvchisi voyaga yetmagan O.R. bilan birgalikda itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida olib ketishgan.
So'ng, uni dala maydonidagi chinor daraxtiga osgan.
Ushbu holatni videotaʼsvirga olgan, telegramm va “Tik-tok” ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirgan S.O. hamda N.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Ma'lum bo'lishicha, 2021-yil 29-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tuman sudi tomonidan S.O. hamda N.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1891-moddasi 1-qismiga asosan ish hujjatlari koʻrilib ularga nisbatan 2.450.000 soʻmdan jarima jazosi tayinlangan.
Vaoyaga yetmaganlar M.N.ning otasi O.N va O.R.ning otasi N.R.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan toʻplangan hujjatlar Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yaʼni 245 ming soʻm miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)