Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantlarini ajratish uchun uchinchi tanlovni e'lon qiladi
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Yoshlarni maʼnaviy yetuk qilib tarbiyalashda hamda bandligini taʼminlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzusida davlat grantlarini ajratish uchun uchinchi tanlovni
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:1. Manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarni chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlishiga koʻmaklashish.
2. Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini shakllantirishning innovatsion usullarini joriy etish.
3. Buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik va taraqqiyparvarlik toʻgʻrisidagi boy maʼnaviy-maʼrifiy merosini yoshlar ongiga singdirish.
4. Manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kiritilgan yoshlarni “Besh muhim tashabbus” doirasida ijtimoiy faolligini oshirishga koʻmaklashish.
5. Uchinchi Renessans gʻoyasining mazmun mohiyatini aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar tafakkuriga singdirish.
6. “Yoshlar” va “Mehr” daftariga kiritilgan yoshlarning huquqiy ongi, madaniyati va inson huquqlari borasidagi bilimlarini yuksaltirish.
7. Notinch, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning farzandlarini, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
8. Chekka va chegara hududlardagi mahalla, ovul, taʼlim muassasalarida
va jamoat tashkilotlarida yoshlarning maʼnan va jismonan yetuk inson boʻlib kamol topishiga koʻmaklashish.
9. Yoshlar oʻrtasida erta nikoh, erta tugʻruqni oldini olish, oilaning muqaddas qadriyatlarini ularning tafakkuriga singdirish.
10. Muqaddam sudlangan, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir yoshlarning jamiyatga qayta ijtimoiy integratsiyasiga koʻmaklashish.
11. Nogiron, uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, kam taʼminlangan, chin yetim yoshlarning qayta kasbga tayyorlash, ularning gʻoya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish va bandligini taʼminlash.
12. Turli huquqbuzarliklarga moyil yoshlarni, voyaga yetmaganlarni maʼnaviy-maʼrifiy, ahloqiy tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. www.foundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyati boshqa institutining Ustavi (Nizomi) hamda guvohnomasining nusxalari.
4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi.
5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2021-yil 25-avgustidan -28-sentyabrigacha qabul qilinadi.
Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Davlat grаnti uchun tanlov
O’zbekistonda yangi fond tashkil etildi.Fond rahbari esa Sherali Jo’rayev
“Mehr daftari” ga kimlar kiritiladi?
Yoʻqlov chinakam bayramga aylandi
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi
Izohlar (0)